Özbekiston Respublikasi Prezidenti Ş.Mirziyoyevning «Xotin-qizlarni qöllab-quvvatlaş va oila institutini mustahkamlaş sohasidagi faoliyatni tubdan takomillaştiriş çora-tadbirlari töğrisida»gi farmoni qabul qilindi.

Farmonga köra, Özbekiston Xotin-qizlar qömitasi, Özbekiston yoşlar ittifoqi, «Tadbirkor ayol» uyuşmasining Xotin-qizlarni va oilani qöllab-quvvatlaş jamoat fondini taşkil etiş töğrisidagi taklif bergan. Uşbu taklifga rozilik berilgan va quyidagilar uning asosiy vazifalari etib belgilanmoqda:

  • xotin-qizlarni va oilani har tomonlama qöllab-quvvatlaş,
  • şu jumladan, oğir ijtimoiy ahvolga tuşib qolgan xotin-qizlar va oilalarga, nogironligi bölgan ayollarga moddiy yordam körsatiş;
  • xotin-qizlarga oilaviy va xususiy tadbirkorlik, hunarmandçilikni taşkil etişda, mehnat bozorida talab yuqori bölgan kasblar böyiça bilim va könikmalarni egallaşda kömaklaşiş.

2018 yil 1 martdan boşlab Özbekiston Xotin-qizlar qömitasi, Respublika «Oila» markazi va ularning hududiy bölinmalari boşqaruv apparati xodimlari tarkibiga kiruvçi pensionerlarga, ularning bu taşkilotlardagi faoliyati yagona bölgan taqdirda, pensiyalari töliq tölanişi belgilab qöyilmoqda.