Stokholmdagi terakt ijroçisi özbekistonlik Rahmat Oqilov odamlar ustiga yuk maşinasini haydab borişidan uç oy avval Şvetsiyaning SEPO xavfsizlik politsiyasi nazorati ostida bölgan. Bu haqda OAV mamlakat Adliya vazirligi hisobotiga asosan xabar qilmoqda.
«Öşa paytda bölgan razvedka ma'lumotlari, mening fikrimça, kuçni ogohlantiruv tarzida qöllaş uçun asos uçun yetarli darajada aniq bölmagan. Mening baholaşimça, SEPO Oqilov haqida olingan ma'lumotga nisbatan barça ehtimoliy xatti-harakatlarni körgan», - deya SEPOning Oqilov işi böyiça harakatlarini baholaşga mas'ul bölgan sudya Runar Viksten sözlarini keltiradi «RIA Novosti» Local naşriga tayangan holda.
Xabar berilişiça, Oqilovni kuzatiş 2016 yilning 31 avgustida boşlangan. Bunga u xavf tuğdirişi mumkin ekani haqidagi razvedka ma'lumotlari sabab bölgan. Kuzatuv haqidagi qaror 2017 yilning 19 yanvar kuni harbiy sud tomonidan qayta körib çiqildi. OAV ma'lumotiga köra, Oqilov taxminan şu paytda teraktga tayyorlanişni boşlagan.
Eslatib ötamiz, 30 yanvar kuni Şvetsiya prokuraturasi Rahmat Oqilovga ayblov e'lon qildi.
Oqilov 2017 yil 7 aprelda Stokholm markazidagi Drottninggatan köçasida odamlarni bosgança 550 metr yurib ötgan. Politsiya ma'lumotlariga köra, hujum oqibatida 15 kişi yaralangan, 5 kişi halok bölgan.

















