Eron poytaxtida bölib ötayotgan Osiyo çempionatida özbekistonlik Yelena Smolyanova yadro uloqtiriş musobaqalarida eng yaxşi natijani (15.54 m) qayd etib, oltin medal sohibasiga aylandi. Bu haqida Yengil atletika federatsiyasi matbuot xizmati KUN.UZ'ga xabar berdi. 

Yelena Smolyanova - yengil atletika böyiça sport ustasi. U  2004 yildan buyon yengil atletika böyiça Özbekiston milliy terma jamoasi a'zosi hisoblanadi. 
Smolyanova 2009 yilda Qirğizistonning Bişkek şahrida bölib ötgan T.Kolpakova xalqaro musobaqasida 1-örinni (oltin medal) egallagan. 
2010 yilda Qozoğistonning Olmaota şahrida memorial G.Kosanova xalqaro musobaqasida 3-örinni (bronza) egallagan. 
2011 yilda ham Olmaota şahrida bölib ötgan memorial G.Kosanova xalqaro musobaqasida 1-örin (oltin medal) sohibasi bölgan. 
2012 yilda London şahrida bölib ötgan XXX yozgi Olimpiya öyinlari qatnaşçisi.  
2014 yil Qirğizistonning Bişkek şahrida Olimpiya çempioni T.Kolpakova sovrini uçun Xalqaro musobaqada 1-örinni (oltin medal) egallagan.
2017 yil Aşxobod (Turkmaniston) şahrida bölib ötgan Yopiq inşootlarda va jang san'ati böyiça V öyinlarda kumuş medalni qölga kiritgan. 

Ta'kidlaş joizki, 1-3 fevral kunlari Tehron şahrida yopiq inşootlarda Yengil atletika böyiça Osiyo çempionati bölib ötmoqda. Unda Özbekistondan 10 nafar sportçi qatnaşmoqda. Keça balandlikka sakraş böyiça bölib ötgan musobaqalarda sportçimiz Nadiya Dusanova eng yuqori natijani qayd etib, bellaşuv ğolibi bölgani haqida xabar bergan edik.