Özbekiston Respublikasi Prezidenti Şavkat Mirziyoyev imzolagan «Toşkent viloyatida sanoat işlab çiqariş sohasi uçun muhandis-texnik kadrlar tayyorlaş tizimini takomillaştiriş çora-tadbirlari töğrisida»gi qarorga muvofiq 2018 yilda Rossiyaning Federal davlat avtonom oliy ta'lim muassasasi “Milliy texnologik tadqiqotlar universiteti «MISiS»ning Olmaliq filiali taşkil etilişi kutilmoqda. 

Şuningdek, qaror bilan Islom Karimov nomidagi Toşkent davlat texnika universiteti Olmaliq filiali ham taşkil etilgan bölib, filial allaqaçon faoliyatini boşlagan.

Şu kunlarda TDTU Olmaliq filiali rahbariyati va talabalariga öz binosidan çiqiş aytilgan. Şu munosabat bilan 1100dan ziyod talaba va ustozlar şahardagi akademik-litsey hamda kasb-hunar kollejiga çiqib ketişga majbur.

Aslida 580 öringa ega, ayni paytda 940 nafar öquvçi tahsil olayotgan Olmaliq iqtisodiyot-servis kolleji ma'muriyati qiyin vaziyatdan qanday çiqişni öylamoqda.

«Ikki smenali öquv tartibini joriy etib, tez kunlarda 11ta guruh talabalarini amaliyotga çiqarib yuboramiz. Ikki oydan söng, 3-kurs talabalari ham amaliyotga çiqadi. Şu bilan tirbandlikka yeçim qidiramiz», deydi kollej öqituvçisi.

Universitet öqituvçilari esa darslarini öz vaqtida ötiş uçun ikki bino orasida sarson böladi. Tabiiy savol: «MISiS» oçilişi şarofati bilan şunça ovoragarçilikni yaratiş, qolaversa, davlat rahbari imzolagan qarorni amalda salbiy fonda qoldiriş kerakmi?