Pokistonning şimolidagi Svat okrugida joylaşgan harbiy qismda terrorçi-hudkuşning hujumi oqibatida 11 harbiy halok böldi, yana 13 nafari jarohat oldi. Bu haqda armiya matbuot xizmatiga iqtibos keltirgan holda Geo TV telekanali xabar bermoqda.
3 harbiy voqea joyida, yana 7 nafari olingan jarohatlardan keyinroq halok bölgan. Yana bir harbiyning ölimi tafsilotlari ma'lum qilinmagan.
Terrorçi harbiy qismning sport maydonçasida portlaşni amalga oşirgan. Voqea tergov qilinmoqda.
Pokiston boş vaziri Şahid Hakan Abbosiy teraktni qoralab çiqdi va halok bölganlar yaqinlariga hamdardlik bildirdi.

















