Ma'lumki, 2018 yilning 1 yanvaridan boşlab, respublikaning barça xalqaro aeroportlarida jismoniy şaxslar uçun ikki yölakli tizim ya'ni “yaşil” va “qizil” yölaklar joriy etildi. Yangi tizimni joriy etişda eng avvalo fuqarolar va xorijiy mehmonlarning manfaatlaridan kelib çiqib, ular uçun bojxona rasmiylaştiruvidan ötkaziş jarayonlarini yanada soddalaştiriş va tezlaştiriş közlangan.

Amaldagi tartiblarga köra, respublikaga kirib kelayotgan yölovçilar yaşil yölakdan faqat qiymati va miqdori bojsiz olib kiriş me'yorlaridan ortiqça bölmagan tovarlarni olib ötişlari mumkin. Ya'ni, yaşil yölakdan ötiş jismoniy şaxsning yonida ortiqça tovar-moddiy boyliklari yöqligini bojxona organlariga oğzaki deklaratsiyalaganini anglatadi.

Bu haqidagi batafsil ma'lumotlar, respublika xalqaro aeroportlaridagi ikki yölakli tizim oldida joriy qilingan axborot hududlarida batafsil ma'lumotlar keltirilgan, deb xabar bermoqda “Toşkent-Aero” IBK axborot xizmati.

Ammo, ba'zilar amaldagi tartiblarni yaxşi bilişsa-da, özlari uçun joriy qilingan bu qulaylikni noqonuniy daromad orttiriş ilinjida suiiste'mol qilişga urinişdi. Ya'ni, Islom Karimov nomidagi Toşkent xalqaro aeroportida yaşil yölak orqali tilla va zargarlik buyumlarini olib ötişga uringan ilk qoidabuzarlar töxtatib qolindi.

Istanbuldan uçib kelgan fuqaro F.Yu.ning bojxona çegaralarini yaşil yölak orqali kesib ötayotib, özini tutişi va bezovtalanişi bojxonaçilarda bejiz şubha uyğotmagan ekan. Qarang-ki, F.Yu. ayollar sumkasidagi pardoz upasi qutilariga va egnidagi kiyimi çöntaklariga 263 gr. oğirlikdagi tilla va zargarlik buyumlarini yaşirgani foş böldi.

Dastlabki, hisob-kitoblarga köra mazkur tilla va zargarlik buyumlarining taxminiy qiymati 67 mln. sömdan oşadi.

Ayni şu reys böyiça parvozini yakunlagan fuqaro Ğ.T. ham yaşil yölak bergan imkoniyatdan ğayriqonuniy maqsadda foydalanib qolişga urindi. Ya'ni, belgilangan me'yorlardan ortiqça bölgan 72 gr. oğirlikdagi tilla va zargarlik buyumlarini qizil yölak qolib, yaşil yölakdan olib ötayotgan paytda töxtatib qolindi.

Dastlabki, hisob-kitoblarga köra mazkur tilla va zargarlik buyumlarining taxminiy qiymati salkam 16.5 mln. sömni taşkil qilmoqda.

Şuningdek, mazkur post xodimlari “Istanbul-Toşkent” reysining yana bir yölovçisi fuqaro fuqaro M.M. tomonidan qizil yölak orqali harakatlanayotib, lekin yölovçi bojxona deklaratsiyasida körsatmasdan turib, qiymati salkam 24,5 mln. sömni taşkil qiluvçi 119 gr. tilla taqinçoqlarning yaşirinça olib kirilişiga çek qöyişdi.