Xitoyning Sian şahrida eski kitoblardan 11 metrlik minora barpo etildi. Bu haqda Xitoy OAV ma'lum qildi.
Ma'lumotlarga köra, minorani quriş uçun deyarli 15 tonna eski kitobdan foydalanilgan. Minora şahardagi sobiq metallurgik zavodning hududida joylaşgan dizaynerlik va kreativ sanoat boğida qad rostlagan.


















