Integrated Systems Europe (ISE) 2018 kompyuter va axborot texnologiyalari xalqaro ko‘rgazmasida, OLED mahsulotlarini ishlab chiqarish bo‘yicha dunyodagi yetakchi LG Electronics (LG) savdo, jamoat joylari va ofislar kabi har qanday biznes sohasiga mos keluvchi vertikal yechimlarni taqdim etadi. Shaffof OLED-displey, OLED-displey, ultra-nozik ramkalar bilan OLED videodevori va boshqa yangi ajoyib mahsulotlarni o‘z ichiga olgan futuristik, moslashuvchan ekranlar ISE mehmonlarini hayratga soladi.
ISE’da LG stendining markaziy elementiga 55 dyuymli shaffof OLED-displey aylanadi, u zamonaviy mahsulot bo‘lib, ustara tig‘ilik qalinligi va elegant form-faktori bilan tashrif buyuruvchilarni hayratda qoldiradi. Ammo, ushbu zamonaviy mahsulotning eng hayratlanarli tomoni shaffof OLED-displeydir. Ushbu noyob texnologiya savdo maydonchalari va san'at galereyalarida ayniqsa, ta'sirchan bo‘lib, u yerda mahsulot OLED-displeydagi video yoki maxsus effektlar orqasida joylashtirilishi mumkin.
LG Open Frame OLED-displeylari ISE 2018’da Kanon ko‘rinishida o‘z imkoniyatlarini namoyish etadi, u botiq hamda bo‘rtib chiqqan konfiguratsiyalardagi 60 Open Frame OLED displeylardan tashkil topgan hayajonli o‘yin zonasidir. Ushbu raqamli ekranlar moslashuvchan OLED form-faktori va mukammal tasvir sifatini ajoyib tarzda namoyish etadi. Open Frame OLED-displeylarining shakli va hajmi har qanday sanoatda qo‘llanilish uchun moslashtirilishi mumkin, masalan, keng ko‘lamli video o‘rnatmalar hamda har qanday tijoriy makonning asosiy tasniflariga mos keladigan axborot ekranlari.

ISE 2018’da LG stendining yana bir yorqin elementi tomosha qilish jarayonida ichiga kirib ketish effektiga ega, qalinligi 0,6 mm bo‘lgan Even Bezel videodevori bo‘ladi. Ultra ingichka ramkalar chalg‘ituvchi omillarni yo‘qotadi, bu videodevorni moda va go‘zallik sohasida yuqori sifatli mahsulotlarni reklama qilish uchun ideal qiladi. Shuningdek, LG yorqinligi 1500 kd/m2 (nits) bo‘lgan, faqat aniq va yorqin tasvir uchun mo‘ljallangan, kuchli yoritgichli xonalarga mukammal mos keladigan raqamli videodevorni namoyish etadi.
LG’ning universal digital signage mahsulotlari har qanday ishbilarmonlik muhitiga moslasha oladigan optimal vertikal yechimlar taklif qiladi, hamda kompaniya transport sohasida eng ilg‘or signage yechimlarni taqdim qilib, o‘z imkoniyatlarini kengaytirdi. LG'ning parvozlar haqida ma'lumotni aks ettirish uchun (FIDS) tizimlari keng ko‘lamdagi o‘lcham va yo‘nalishlarda mavjud. Murakkab antiblikli funksiya yo‘lovchilarga parvoz haqida aniq ma'lumotni bir qarashda ko‘rishga imkon beradi, bunda ekranda aks ettirilish chalg‘itmaydi.

















