Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Roman Abramovich Shveytsariyada yashash guvohnomasini qo‘lga kiritish uchun arznoma berdi
Rossiyalik ishbilarmon, Londonning «Chelsi» klubi xo‘jayini Roman Abramovich Shveytsariyaning Vale kantonida yashash guvohnomasini qo‘lga kiritish uchun arznoma bergan. Bu haqda Shvetsariyaning Sonntags Zeitung gazetasi xabar bermoqda, deb yozadi Meduza.
Nashrning qo‘lga kiritgan ma'lumotlariga ko‘ra, Abramovich ilk bor 2016 yilning yozida arznoma bergan ekan. Ishbilarmon o‘shanda Verbe shahrida istiqomat qilish uchun ruxsat so‘ragan. Oradan bir yil o‘tib, arznoma qaytarib olingan.
2017 yil noyabrida Abramovich yana yashash guvohnomasi so‘rashga ahd qilgan. Sonntags Zeitung’ning yozishicha, ishbilarmon o‘z murojaatini federal politsiya departamenti boshlig‘i Nikolette della Vallega jo‘natgan. Ikk varaqli xatda Abramovich yashash guvohnomasini qo‘lga kiritish haqidagi arznomasini yana qayta tiklashini ma'lum qilgan.
Sonntags Zeitung va Shveytsariyaning yana bir boshqa gazetasi — Le Matin Dimanche’ga ko‘ra, Abraovich «jamoatchilik manfaatini hisobga olib», unga yashash guvohnomasi berishlarini so‘ragan.
Le Matin Dimanche’ning qayd etishicha aynan shunday sabab bilan 2014 yilda «YuKOS»ning sobiq rahbari Mixail Xodorkovskiy Shveytsariya kantonlaridan birida yashash huquqini qo‘lga kiritgan.
Shveytsariya OAVlarining ma'lumotiga ko‘ra, Abramovich umrguzaronlik qilishga hozirlik ko‘rayotgan Vale kantonida alohida soliq rejimi amalda. Unga ko‘ra, yashash guvohnomasiga ega bo‘lganlar bu yerda hayot uchun zarur xarajatlar (ko‘chmas mulk ijarasi va h.k.) uchungina soliq to‘laydi, o‘zlariga tegishli aktivlar baholanishidan emas.
Forbes tomonidan 2017 yilda tuzilgan, Rossiyaning eng boy ishbilarmonlari reytingida Roman Abramovich 12-o‘ringa joylashtirilgan. Uning boyligini jurnal 9,1 milliard dollarga baholagan.
Mavzuga oid
20:20 / 14.06.2026
Shveytsariyada referendum: mamlakat aholisi sonini cheklash taklifi rad etildi
16:40 / 12.06.2026
Mundial tanishtiruvi. B guruhi haqida nimalarni bilish kerak?
20:04 / 08.06.2026
Kiyevga Zelenskiy bilan uchrashuvga borgan rossiyalik tadbirkor Roman Abramovich bo‘lib chiqdi
08:51 / 04.06.2026