Yodingizda bölsa, ötgan yilning noyabr oyida Namangan viloyati, Çortoq tumanida faoliyat olib borayotgan  “Şerzod nasldor çorvador” çorvaçilik fermer xöjaligi  tomonidan qilingan murojaat böyiça saytimizda “Çortoq tumani hokimiga çorvaçilik begona sohami?” nomli tahliliy-tanqidiy maqola berilgan edi. Unda, yoş tadbirkor fermer Şerzodbek Kamalovning 100 boş naslli qoramoliga yem-ozuqa bazasini yaratiş uçun berilgan ekin maydoni olib qöyilgani yoritilgandi.

Mazkur maqola ijtimoiy tarmoq va keng jamoatçilik örtasida ham qizğin muhokamalarga sabab böldi.

Oradan uç oy ötib, maqoladan söng çorvaçilik fermer xöjaligi bilan boğliq muammo qanday hal bölgani bilan tanişiş maqsadida Çortoq tumaniga yana yöl oldik.

Tuman hokimligining qişloq va suv xöjaligi boşqarmasi mutasaddilari va boşqa mas'ul şaxslar “Şerzod nasldor çorvador” xöjaligi bilan boğliq holat böyiça olib borilayotgan işlar bilan taniştirişdi.

Maqola e'lon qilinganidan söng, Namangan viloyati hokimligi topşiriği bilan tuman hokimligi tomonidan sohaga aloqador bir qator taşkilot vakillaridan iborat işçi guruh tuzilgan va muammoli holat atrofliça örganib çiqilgan. 

Işçi guruh “Şerzod nasldor çorvador” xöjaligidagi mavjud qoramollar boşini hisobga olgan holda, me'yoriy hujjatlarga asoslanib, xöjalikka yem-ozuqa yetiştiriş uçun 12 gektar yer maydoni ajratiş böyiça tuman hokimiga öz  xulosasini bergan.

Hokimlik mutasaddilari çorvador fermerga yer maydoni ajratilişi masalasi tuman xalq deputatlari Kengaşining navbatdagi sessiyasi kun tartibiga qöyilganini bildirişdi.