Navoiy viloyati hokimi Qobul Tursunov 8-sinf öquvçisi Ibrohim Ğafforovning Navoiy bisotidan öqigan şe'rlari uçun Spark rusumli avtomaşinani sovğa qildi. Bu haqda Kun.uz muxbiri viloyat hokimligi Axborot xizmati ma'lumotiga asosan xabar beradi.
Viloyat hokimi sovğani 6 fevral kuni Navoiy viloyat hokimligi, Respublika Ma'naviyat va ma'rifat markazi, Oliy va örta maxsus ta'lim vazirligi, Özbekiston yoşlar ittifoqi, Navoiy davlat pedagogika instituti, Alişer Navoiy nomidagi Toşkent davlat özbek tili va adabiyoti universiteti va Özbekiston Respublikasi Fanlar Akademiyasi özbek tili, adabiyoti va folklori instituti hamkorligida taşkil etilgan «Alişer Navoiy ijodiy merosining umumbaşariyat ma'naviy-ma'rifiy taraqqiyotidagi örni» mavzusidagi II an'anaviy xalqaro ilmiy-amaliy konferensiyasi iştirokçilarini taqdirlaş marosimida topşirgan.

Xalqaro anjumanda Turkiya, Rossiya, Eron, Afğoniston, Tojikiston, Qozoğiston, Ozarboyjon va Möğuliston davlatlarining olimlari hamda özbek Akademiklari Baxtiyor Nazarov, Töra Mirzayev, Naim Karimovlar hamda bir guruh adabiyotşunos olimlar qatnaşdi.

Ma'lum qilinişiça, xalqaro anjuman doirasida ğazalxonlik tanlovi taşkil etildi. Uşbu tanlovda 100 dan ortiq viloyat yoşlari qatnaşdi. Karmana tumanidagi 4-umumta'lim maktabining 8-sinf öquvçisi hamda Özbekiston yoşlar ittifoqining viloyat Sardorlar Kengaşi sardori Ibrohim Ğafforov 1-örinni kölga kiritib Navoiy viloyat hokimi Kobul Tursunov tomonidan «Spark» avtomaşinasi bilan taqdirlandi.

















