Özbekkonsert davlat muassasasi tomonidan joriy yilning 1 fevralidan boşlab kliplar böyiça Badiiy kengaş faoliyati işga tuşdi. Bu haqda muassasa direktori Odiljon Abduqahhorov KUN.UZ’ga xabar bermoqda. 

Şunga muvofiq 2018 yil 1 fevral sanasidan boşlab qöşiqlar va unga işlangan videokliplar “Özbekkonsert” davlat muassasasi huzuridagi kliplar nazorati böyiça Badiiy kengaşga taqdim etiladi. Agar kliplar taqdim etilmay, omma e'tiboriga havola etilsa, xonandaga nisbatan qonunçilikda körsatilgan tartibda jazo joriy etiladi.

Bundan maqsad, özbek mentalitetiga mos bölmagan, ma'naviy sayoz kliplar çiqişining oldini olişdir. Şuni alohida ta'kidlaş joizki, nafaqat telekanallar orqali, balki internet tarmoğida uzatiladigan kliplar ham uşbu Badiiy kengaşga taqdim etilişi şart etib belgilab qöyildi.