Andijon viloyati Paxtaobod tumani tibbiyot birlaşmasi faoliyati yuzasidan olib borilgan örganişlar natijasida tuman tibbiyot birlaşmasi tizimida faoliyat yuritib kelayotgan ayrim rahbar xodimlar aholiga tibbiy xizmat körsatiş, profilaktika tadbirlarini olib boriş, şifoxona içi infeksiyasining oldini oliş kabi dolzarb vazifalarni qoniqarsiz bajarib kelayotgani aniqlandi.
Soğliqni saqlaş vazirligi axborot xizmati «Kun.uz»ga xabar berişiça, şu munosabat bilan, Paxtaobod tumani tibbiyot birlaşmasi boşliği Q.Sayidumarov, tuman tibbiyot birlaşmasining davolaş işlari böyiça örinbosari Q.Mamadaliyev, tuman tibbiyot birlaşmasi QVP koordinatori A.Miskinova, köp tarmoqli markaziy poliklinika mudiri D.Dehqonova, şoşilinç tibbiy yordam bölimi mudiri T.Tojiboyev, jarrohlik bölimi mudiri M.Yunusov, tez tibbiy yordam mudiri N.Mamadaliyeva, terapiya bölimi mudiri M.Teşaboyeva öz lavozimidan ozod etildi.
Viloyatdagi har bir davolaş muassasasi rahbariga xalq roziligi va aholi manfaatlari yölida şaxsiy javobgarlikni his qilib işlaş, birlamçi tibbiy xizmatga bölgan ehtiyojni sifatli va samarali qondiriş kabi muhim vazifalar tuşuntirilgan.
«Soğliqni saqlaş sohasida birlamçi tibbiyot tizimi rivojisiz yuqori natijaga erişiş muşkul. Şu bois davlatimiz rahbari birlamçi böğinni takomillaştiriş, faoliyati samaradorligini oşiriş, bunda har bir rahbarni qat'iy tartib-intizom bilan, şaxsiy javobgarlikni his qilib işlaşga undamoqda.
Bu talabga javob bera olmagan, xalqimiz oldidagi mas'uliyatni his qilmagan rahbar esa, albatta, öz vazifasiga nomunosib deb topiladi», deyilgan xabarda.
















