Tesla Model X krossoveri Sahroi Kabir çölini kesib ötgan birinçi elektromobil böldi. Model buni Vengriya poytaxtida boşlanib, Mali poytaxtida yakunlanadigan “Budapeşt-Bamako” poygasi doirasida amalga oşirdi. 

Ikki xorvatiyalik Saşa Tsvetoyeviç va Oleg Maştruko boşqargan elektromobil umumiy hisobda 8600 kmdan köproq yöl bosgan. Bunga ekipajga 16 kun talab etildi. 

Poyga vaqtida maşina akkumulyatorlari benzinda işlovçi generator hisobiga quvvatlanib turdi. Generator texnik xizmat körsatiş maşinasi sifatida qöllangan Dacia avtomobilida olib yurilgan. 

Jamoa şuningdek imkoniyat paydo bölganda mahalliy elektr tarmoqlardan quvvatlanişga harakat qildi, biroq infratuzilma har doim ham bunga imkon bermagan. Ekipaj Marokaşda Tesla fanatlari tomondan örnatilgan elektromobillar uçun quvvatlaş vositasini topib, akkumulyatorlarini undan quvvatlab olgan.

Ekipaj Model X’ning qaysi versiyasida harakatlangani ma'lum qilinmagan. AQŞda model P75, P100 va P100D modifikatsiyalarda taklif qilinadi. Ularning bir quvvatlanişda bosib ötadigan yöli mos ravişda 380, 470 va 460 km ni taşkil qiladi.