Samarqand şahridagi Köksaroy maydonida viloyat mudofaa işlari boşqarmasi hamda uning tuman va şahar bölimlariga "Prezident sovğasi" - xizmat avtomaşinalari topşirildi. Bu haqda viloyat hokimligi matbuot xizmati ma'lum qilmoqda.

Samarqand viloyati hokimligi tomonidan Markaziy harbiy okrug qömondonligi, viloyat mudofaa işlari boşqarmasiga Captiva hamda tuman va şahar mudofaa işlari bölimlariga Nexia rusumli xizmat avtomaşinalari berildi.

Avtomaşinalarni Özbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Xavfsizlik kengaşi kotibi V. Mahmudov va viloyat hokimi T. Jörayev tantanali topşirib, tizimda amalga oşirilayotgan islohotlarni alohida ta'kidlab ötişdi.

Prezidentimiz sovğasi – xizmat avtomaşinalari har bir mahallaga borib, öz vaqtida tarğibot tadbirlarini ötkazib, çaqiriluvçilarga tuşuntirişlar berib, çaqiruvlarni samarali taşkil etişga xizmat qiladi.

Foto: Samarqand viloyat hokimligi