Farg‘ona viloyatida 5 yoshli qizchani o‘ldirishda gumondor shaxs ushlandi. Maktabgacha ta'lim vazirligi «Kun.uz»ga xabar berishicha, olib borilgan tezkor qidiruv natijasida bugun 9 fevral soat 14.00da gumondor fuqaro O. A. qo‘lga olingan. Ushbu ma'lumot Farg‘ona viloyati IIBB tomonidan ham tasdiqlandi.

U Farg‘ona viloyati Qo‘shtepa tumanida istiqomat qiladi.

Hozirda dastlabki surishtiruv ishlari davom etmoqda.

Joriy yilning 5 fevral kuni chamasi soat 16-00 da, Farg‘ona viloyati Oltiariq tumanidagi 6- maktabgacha ta'lim muassasasi tarbiyalanuvchisi  G‘afforaliyeva Kibriyoxon Furqatjon qizi yo‘qolgan va 6 fevral kuni soat 00-20 atrofida Kibriyoxonning tan jarohatlari yetkazilgan jonsiz tanasi Oqbo‘yra qishlog‘i hududidan topilgandi.