“Özbekkonsert” davlat muassasasi qoşidagi qöşiqlar va ularga işlangan videokliplar saviyasini baholaş badiiy Kengaşining xulosasini oliş tartibiga eslatma e'lon qilindi.

Unga köra eslatma Özbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2015 yil  9 dekabrdagi “Kontsert-tomoşa faoliyatini amalga oşiriş tartibini yanada takomillaştiriş çora-tadbirlari töğrisida”gi 354-son qarori bilan tasdiqlangan Nizomga asosan konsert-tomoşa faoliyatini amalga oşirişda litsenziya olgan yuridik va jismoniy şaxslarga tuşuntiriş beriş maqsadida işlab çiqilgan.

Qayd etilişiça, Kengaş qöşiqlar va ularga işlanadigan videokliplar saviyasini baholaşda va lisenziatlarning arizalarni körib çiqişda:

  • qöşiq matni, musiqasi, videoklip dasturi (ssenariysi)ning ğoyaviy-badiiy darajasiga;
  • taqdim etilgan repertuarning milliy an'analarga va umuminsoniy qadriyatlarga muvofiqligiga;
  • qöşiqlar va ularga işlangan va işlanadigan videokliplar (ssenariysi)da Vatanga sadoqat, sevgi, muhabbat va insoniylik singari ezgu ğoyalar aks etganligiga e'tibor qaratadi.
  • Lisenziatning odob-axloq qoidalariga, sahna madaniyati va taşqi köriniş madaniyatiga zid bölgan xatti-harakatlar qilişi hamda ma'naviyatga salbiy ta'sir körsatuvçi, tomoşabinlarning his-tuyğularini haqorat qiluvçi, axloqsizlik ğoyalarini tarğib etuvçi asarlari ma'qullanmaydi.

Ta'kidlanişiça, klipda umuminsoniy va milliy madaniyatga zid bölgan, nojoiz xatti-harakatlar, turli ğoyaviy tahdidlar aks etmasligi lozim. Jumladan:

  • giyohvandlik, spirtli içimliklar tarğiboti;
  • qonli, terroristik hatti-xarakatlarni tarğib qiluvçi, uruş va qöporuvçilikka mayl uyğotuvçi tasvirlar;
  • dinlar va millatlar aro nifoq, ziddiyat uyğotuvçi unsurlar;
  • davlat ramzlari (gerb, bayroq, Prezident) tasviridan nojoiz, noörin foydalaniş;
  • turli firma, kompaniyalar hamda ularning mahsulotlarini oşkora va yaşirin reklama qiliş;
  • yotoqxona va boşqa xos xonalarda xonandalarning yonboşlab, özbekona odob qoidalariga zid holatda qöşiq kuylaşi;
  • ommaviy madaniyatga xos tarzda oçiq-soçiq, yirtiq-yamoq, yarim-yalanğoç kiyiniş holatlari;