Londonning yirikligi böyiça 5-raqamli aeroporti “London-Siti” Temza daryosida Ikkinçi jahon uruşi vaqtida portlamay qolgan bomba topilgani sababli xavfsizlik nuqtai nazaridan vaqtinçalik yopildi. Bu haqda aeroportda ma'lum qilindi. 

“Qirol Georg V nomidagi dokda bomba topilgandan keyin London politsiyasi xavfsizlik nuqtai nazaridan 214 metrlik xavfsizlik hududini taşkil etdi. Natijada “London-Siti” aeroporti ham yopildi”, deb aytilgan aeroport bergan xabarda.

Aeroport ma'muriyati 12 fevralda parvoz qiluvçi yölovçilarga batafsil ma'lumot uçun aviakompaniyalarga murojaat qilişni tavsiya qilgan.

Skotland-Yardda bomba 11 fevralda mahalliy vaqt bilan soat 05.06da topilgani va şundan keyin voqea joyiga mutaxassislar çiqqani ma'lum qilingan. Keçki soat 22.00da hududni örab oliş va aeroportni yopişga qaror qilingan.