Xuanshan tumani YuNeSKO Jahon merosi ro‘yxatiga kiritilgan. Bu Xitoyning eng mashhur turistik maskanlaridan biridir. Qish faslida Xuanshan milliy parkiga borsangiz, ajib manzaraning guvohiga aylanasiz - muz bilan qoplangan qoyalar.
Bulutlar oralab

Xitoyning sharqiy qismidagi Anxoy provinsiyasida joylashgan Xuanshan ("Sariq tog‘lar") milliy parki o‘zining granit qoyalari va tepaliklari bilan mashhur. Ularning aksariyati 1000 metrdan oshadi va to‘g‘ridan-to‘g‘ri shu mintaqani qamrab oluvchi past bulutlarga tenglashadi. Osma granit devorlar orasida sharsharalar, g‘orlar va qaynoq manbalar "o‘z hayotini yashaydi".
Qish ertagi

Yoz oylarida tog‘ yo‘llari sayyohlar bilan to‘la bo‘ladi. Biroq qishning o‘rtalarida - harorat noldan past vaqtda kelsangiz, ushbu parkda yozda ko‘rishning iloji bo‘lmagan misli ko‘rilmagan go‘zallikni kashf etasiz.
Tabiiy fenomen

Qish oylarida tumandagi suv tomchilari kristallanib, qoyalar muzlab qoladi, ko‘z oldingizda muz qatlamlari bilan qoplangan oppoq qoyalar namoyon bo‘ladi. Ushbu tabiat hodisasi odatda havo harorati Tselsiy bo‘yicha 2-10 daraja sovuq bo‘lganda ro‘y beradi.
Nam va tumanli hudud




















