Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Saakashvili «ashaddiy yolg‘onchilar», qo‘rqayotgan Poroshenko va otib tashlash bilan tahdid qilishgani haqida
Gruziya sobiq prezidenti, Ukrainaning Odessa oblasti sobiq gubernatori Mixail Saakashvilining iddao etishicha, uni Kiyev aeroportiga olib ketishayotganida otib o‘ldirish bilan tahdid qilishgan.
Saakashvilining bugun tashkil etilgan matbuot anjumanida ma'lum qilishicha, uni Kiyev aeroportiga olib borganlar shunday deyishgan: "Biz hozir seni otib tashlaymiz".
"Ular menga Maydandagilarni qanday qilib haydab yuborishgani haqida aytib berishdi", - deya qo‘shimcha qildi siyosatchi.
Uning aytishicha, Varshavaga uni olib kelgan samolyot kimga tegishli ekanini bilmaydi. "Bu xususiy samolyot edi, u kimga tegishli ekanini bilmayman. U yerda uni ijaraga olgan yo‘lovchi bor edi. U jim o‘tirdi. Rasman hammasi uning nomiga rasmiylashtirilgan", - deya ta'kidlab o‘tdi Saakashvili.
Shuningdek, Mixail Saakashvili ukrainalik siyosatchilarni tanqid qilib, ularni "ashaddiy yolg‘onchilar" deb atadi.
"Hurmatli ukrainaliklar, sizlarni ashaddiy yolg‘onchilar boshqarmoqda", - degan u.
Bundan tashqari, Saakashvilining ma'lum qilishicha, "Ukraina fuqarosidir". "Men Polshadan Ukrainaga qaytishdan avval o‘sha ahmoqlarga shuni aytmoqchimanki, men Ukraina fuqarosi edim. Menda boshqa fuqarolik va yashash joyi yo‘q. Hattoki meni fuqarolikdan mahrum etishgan bo‘lsada, men Ukraina fuqarosi bo‘lib qoldim. Men Ukrainaga uning doimiy aholisidan biri sifatida qaytdim", - deya qo‘shimcha qilib o‘tdi Saakashvili.
Uning aytishicha, Ukrainada mitinglarni tashkil etishni davom ettirmoqchi va ularda shaxsan ishtirok etish imkoniyatini topadi.
"Men do‘stlarim bilan Ukrainada ommaviy norozilik namoyishlari tashkil etmoqdaman va oligarxlarni hokimiyat tepasidan tinch yo‘l bilan chetlatamiz. Biz millionga yetganimizda, ulardan hech kim so‘rab o‘tirmaydi. Bu harakat kengayadi. Men Ukraina hududida unga jismonan qo‘shilish yo‘lini topaman", - deya ma'lum qildi siyosatchi.
Uning so‘zlariga ko‘ra, oilasi bilan uchrashish ham niyatida. "Menda Niderlandiyada bo‘lgan oilam bilan uchrashish rejalari bor, so‘ng Yevropa bo‘ylab safar qilaman va siyosiy faoliyat bilan shug‘ullanaman", - dedi Saakashvili.
Shuningdek, Mixail Saakashvilining fikricha, Ukraina rahbari Pyotr Poroshenko undan qo‘rqqani uchun Ukrainadan Polshaga chiqarib yuborilgan.
"Poroshenko meni Ukrainadan jismonan chiqarib tashlab, asosiy siyosiy raqibidan qutulishni o‘ylamoqda. U meni fuqarolikdan mahrum etdi, Ukrainaga o‘ylab topilgan bahonalar bilan kiritmadi. U mendan juda qo‘rqadi. Menda armiya yoki pullar borligi uchun emas, balki meni sotib olish imkonsiz ekani tufayli. Men Odessada u bilan kelishishdan bosh tortdim, uning qing‘ir ishlari hamda korrupsiyasiga ko‘z yumishni istamadim", - deya ma'lum qildi Saakashvili jurnalistlarga.
Uning so‘zlariga ko‘ra, Ukrainaga qaytish va sud oldida javob berishdan umid qilmoqda.
"Agarda odamni davlat to‘ntarishida ayblashayotgan bo‘lsa, uni mamlakatdan haydab chiqarishmaydi. Og‘ir jinoyatlarda ayblanayotgan shaxsni ham davlatdan chiqarib yuborish mumkin emas. Meni sud qilishadimi? Sud majlislariga qanday qatnashaman? Meni Ukrainaga qaytib olib ketinglar! Meni Ukrainada sud qilishlarini xohlayman", - dedi u.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Mixail Saakashvili Polshadan siyosiy boshpana so‘ramasligi haqida ma'lum qilgandi.
Mavzuga oid
18:44 / 14.06.2026
Ukraina dronlari Rossiyaning kamida 14 regioniga hujum qildi
10:02 / 13.06.2026
Ukraina armiyasida keng ko‘lamli islohotlar boshlandi
23:16 / 12.06.2026
Yevropa Ittifoqi Ukraina va Moldova a’zoligi bo‘yicha muzokaralarni boshlaydi
17:21 / 12.06.2026