Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
«Bosim faqat kuchayadi!» - AQSh KXDR haqida
Amerika tashqi siyosat idorasi rasmiy vakili Hezer Nauert brifing davomida AQSh KXDRga qachongacha bosim o‘tkazishini aytib o‘tdi.
«Bosim ittifoqchi-davlatlar yadro qurolidan xoli hudud yo‘nalishi uchun ahamiyatli, deb hisoblagan qadamlar qabul qilinmaguniga qadar davom etadi. Maksimal bosim ko‘rsatish bo‘yicha kampaniya davom etadi, u faqat kuchayadi», - deya ma'lum qildi u.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq AQSh vitse-prezidenti Mayk Pens mamlakat KXDR tajovuzkorligiga istalgan usullarda, shu jumladan harbiy yo‘l bilan javob qaytarishga tayyorligi haqida ma'lum qilgandi.
Mavzuga oid
20:25
AQSh grin-karta talabgorlari uchun 100 ming dollarlik garov joriy etishi mumkin
12:03
Eronning nishonlari – dunyoda va Arab ko‘rfazi davlatlarida AQShning nechta harbiy bazasi bor?
08:52
AQSh Erondagi harbiy obektlarga yangi zarbalar berdi
22:58 / 15.07.2026