Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Isroil bosh vaziriga korrupsiyada ayblov qo‘yilmoqchi

Foto: EPA
Jerusalem Post nashrining Isroil televideniyesiga iqtibos keltirgan holda ma'lum qilishicha, politsiya Isroil bosh vaziri Binyamin Netanyaxuga ikkita holat bo‘yicha korrupsiyada ayblov qo‘yishga asoslar topdi.
Politsiya bu haqda Netanyaxu advokatlarini xabardor qilgan. Bosh vazirning o‘zi ayblovlar e'lon qilinishiga tayyorgarlik ko‘rilayotganini tasdiqlagan, biroq “Isroilni halol va mas'uliyat bilan boshqarishni davom ettirishini” aytgan. U o‘zining to‘liq aybsizligini ta'kidlamoqda.
Huquq-tartibot idoralari bosh vazirning xizmatlar evaziga qimmatbaho sovg‘alar olganini tergov qilmoqda. Jumladan, tergov Netanyaxuni AQShga uzoq muddatli vizani olmoqchi bo‘lgan prodyuser Arnon Milchindan sigara, shampan vinosi va hashamat buyumlari olganlikda gumon qilmoqda.
Bosh vazirning o‘zi esa hech qanday qonunbuzarlik sodir etmaganligini, do‘stlardan sovg‘alar olish esa taqiqlanmaganini aytmoqda. Netanyaxu ushbu ish bo‘yicha bir necha marotaba so‘roq qilingan.
Mavzuga oid

12:11
Dunyodagi eng yirik Norvegiya suveren fondi Isroil aktivlarini sotishni boshladi

11:28 / 11.08.2025
Isroilning G‘azoga bergan zarbasidan «Al-Jazira»ning 5 jurnalisti halok bo‘ldi

18:55 / 10.08.2025
The Times: Britaniya Isroilga qarshi sanksiyalar joriy etishni rejalashtirmoqda

14:20 / 09.08.2025