AQŞning Nyu-York şahri va Nyu-Jyersi ştatida portlaşlarni taşkillaştirişda gumon qilinayotgan, kelib çiqişi afğonistonlik bölgan Ahmad Xon Rahimiy umrbod qamoq jazosi oldi. Bu haqda okrug sudyasi Riçard Berman ma'lum qilgan, deb xabar berdi CNN telekanali.
Rahimiy ayblovning 8 ta bandi böyiça aybdor deb topildi. Sudyaning aytişiça, sodir etilgan jinoyat “jirkanç, bema'no va hayot uçun xavfli bölgan”. Rahimiyning özi portlaşga aloqadorligini rad etgan.
2016 yil sentabrda Nyu-Yorkning Çelsi tumanida va Nyu-Jyersining Ouşen okrugida portlaşlar sodir bölgan. Nyu-Yorkdagi portlaşda 31 kişi jarohat olgan, Nyu-Jyersida jabrlanganlar bölmagan. Rahimiy politsiya bilan otişmadan keyin qölga olingan. Politsiya uni yaralaşga muvaffaq bölgan. Prokuratura ma'lumotlariga köra, Rahimiy qölbola portlovçi qurilma tayyorlaş uçun kerakli detallarni eBay onlayn-maydonçasida sotib olgan.
CNN ma'lumotlariga köra, Rahimiy 2011 yilda AQŞ fuqaroligini olgan. Ayblanuvçining otasi NBC telekanaliga bergan intervyusida öz öğlini “terrorçi” deb atagan va portlaşlar vaqtida heç kim halok bölmaganidan xursandligini aytgan.

















