“Özpaxtasanoat” aksiyadorlik jamiyati korxonalarida işlab çiqarilgan paxta tolasini sotiş va hisob-kitoblar mexanizmini takomillaştiriş töğrisida” Hukumat qarori qabul qilindi. Bu haqda Adliya vazirligining ijtimoiy tarmoqdagi kanalida xabar berildi.
Qaror paxta tolasini sotiş mexanizmini yanada takomillaştiriş maqsadida qabul qilingan. Unga köra “Özpaxtasanoat” AJ korxonalarida işlab çiqarilgan paxta tolasi eksportga xorijiy valyutada norezidentlarga birja savdolari orqali va töğridan-töğri kontraktlar böyiça sotiladi.
“Özpaxtasanoat” AJ korxonalarida işlab çiqarilgan paxta tolasini saqlaş hamda eksportga va respublika taşkilotlariga yetkazib beriş faqat paxta terminallari orqali amalga oşiriladi. Şuningdek, xorijiy xaridorlar hamda respublika taşkilotlari tomonidan paxta tolasini sifati va oğirligi böyiça yakuniy qabul qilib oliş paxta terminallarida amalga oşiriladi.
Qaror bilan Paxta tolasini sotiş va hisob-kitob qiliş, Paxta tolasini birja savdolarida sotiş, Paxta tolasini sertifikatlaş va tortiş tartibi töğrisidagi nizomlar tasdiqlandi.

















