O‘zbekiston | 00:20 / 15.02.2018
26243
2 daqiqa o‘qiladi

IIB rahbarlari huquqlari Prezident qarori bilan belgilab berildi

Toshkent shahridagi shahar ichki ishlar bo‘limlari ichki ishlar bo‘limlari sifatida qayta tashkil etiladi va ular zimmasiga sektorlar hududlarida jamoat tartibi saqlanishi, huquqbuzarliklar profilaktikasi va jinoyatchilikka qarshi kurashishni amalga oshirish uchun javobgarlik yuklatiladi. Prezident Shavkat Mirziyoyevning “Toshkent shahrida jamoat tartibini saqlash, huquqbuzarliklar profilaktikasi va jinoyatchilikka qarshi kurashishning sifat jihatidan yangi tizimini joriy etish to‘g‘risida” qarorida shu haqida ta'kidlangan.

Yangi qarorga muvofiq, Ichki ishlar bo‘limlari rahbarlariga quyidagi huquqlar beriladi:

•    biriktirilgan hudud doirasida ichki ishlar bo‘limi zimmasiga yuklatilgan vazifalarni bajarish bo‘yicha mustaqil qarorlar qabul qilish;
•    qo‘l ostidagilar faoliyati samaradorligini oshirishga qaratilgan ta'sirchan choralar ishlab chiqish, biriktirilgan patrul-post xizmati naryadlarining kundalik dislokatsiyasini belgilash;
•    biriktirilgan hududdagi tezkor va kriminogen vaziyatni hisobga olgan holda hamda favqulodda vaziyatlar yuzaga kelganda ichki ishlar bo‘limi kuch va vositalarini joylashtirishni amalga oshirish.

Mavzuga oid