Joriy yilning 13 fevral kuni “Özstandart” agentligining Qaşqadaryo standartlaştiriş va metrologiya boşqarmasi hamda “Qaşqadaryo sinov va sertifikatlaştiriş markazi” davlat korxonasi tomonidan viloyatda mahsulot işlab çiqaruvçi korxonalar, fermer xöjaliklari hamda eksportyor korxonalarga “Halol”, “Global G.A.P.” va Organik qişloq xöjaligi va oziq-ovqat mahsulotlari xalqaro standartlari böyiça seminar-trening ötkazildi. Seminarga Özbekiston musulmonlar idorasi hamda  «Özstandart» agentligidan ma'sul xodimlar taklif etildi.

Foto:  “Özstandart” agentligi

Bugungi kunda davlatimiz tomonidan aholining sifatli oziq-ovqat mahsulotlariga bölgan talabini ta'minlaş, şu bilan birgalikda  qişloq xöjaligi mahsulotlarini eksporti hajmini yanada köpaytiriş masalalariga alohida e'tibor qaratilmoqda. Şuni alohida aytib ötiş joizki, yurtimizda iqtisodiyotni rivojlantirişda qişloq xöjaligining ahamiyati muhim  hisoblanadi. Şu sababli  mazkur sohani rivojlantiriş yuzasidan qator işlar amalga oşirilmoqda.

Ma'lumki, prezidentimiz tomonidan 2018 yilni “Faol tadbirkorlik, innovatsion ğoyalar va texnologiyalarni qullab-quvvatlaş yili”  deb e'lon qilindi hamda 2017-2021 yillarda Özbekiston Respublikasini rivojlantirişning beşta ustuvor yönalişlari böyiça Harakatlar strategiyasida iqtisodiyotni rivojlantiriş va liberallaştiriş masalasiga ham alohida e'tibor qaratilgan.

Foto:  “Özstandart” agentligi

Şu maqsadda tadbirkorlik faoliyatini qöllab-quvvatlaş, eksportyor korxonalarga keng imkoniyatlar va imtiyozlar yaratiş borasida bir qator muhim bölgan Özbekiston Respublikasi Prezidenti va hukumat qarorlari, farmonlari va farmoyişlari qabul qilindi.

Mazkur seminar ham qişloq xöjaligi  mahsulotlarini yetiştiruvçi mahalliy fermer xöjaliklariga, eksport salohiyatini oşiriş va texnik tösiqlarni bartaraf etişda amaliy kömaklaşiş maqsadida taşkil etildi.

Seminarda viloyatda faoliyat körsatayotgan  mahsulot  işlab çiqaruvçi korxonalar,fermer xöjaliklari hamda eksportyor korxonalar vakillari iştirok etdilar.

Kun tartibidagi “Halol”, “Global G.A.P.” va Organik qişloq xöjaligi va oziq-ovqat mahsulotlari xalqaro standartlari talablari, mohiyati va dolzarbligi yuzasidan malakali mutaxassislar tomonidan batafsil ma'lumotlar berildi.