“Özstandart” agentligi Özbekiston milliy metrologiya institutida (ÖzMMI) Germaniya Federal fizika-texnika institutining (PTB) “Markaziy Osiyo davlatlarida sifat infratuzilmasini mustahkamlaş” loyihasi asosida 4 nafar tojikistonlik metrologlar malaka oşirişmoqda.

Eslatib ötamiz, 2019-2022 yillarga möljallangan mazkur loyihada Qirğiziston, Qozoğiston, Tojikiston, Turkmaniston va Özbekiston davlatlarining mutaxassislari iştirok etmoqdalar. Loyiha standartlaştiriş, metrologiya, muvofiqlikni baholaş va akkreditatsiya tizimlarini rivojlantirişga xizmat qiladi. 

Loyiha doirasida “Tojikstandart” agentligidagi metrologiya laboratoriyalarining mutaxassislari Özbekiston milliy metrologiya institutida yangi taşkil etilgan kalibrlaş va etalon laboratoriyalarida öquv amaliy seminar asosida malaka oşirişmoqda. Bunda ÖzMMIning çet elda malaka oşirib qaytgan metrologlari, hamkasb mutaxassislari bilan tarozi va termometrlarni xalqaro metodlar asosida kalibrlaş yuzasidan tajriba almaşişdi, bilim va könikmalarini ulaşişmoqda. 

Bu hamkorlikdan közlangan asosiy maqsad “Tojikstandart” agentligida yangi kalibrlaş xizmatlarini joriy etiş va laboratoriyalarni xalqaro akkreditatsiyaga tayyorlaşdan iborat. 

Bundan taşqari, ularda qöllaniladigan yuqori aniqlikdagi namunali ölçaş vositalari ÖzMMI tomonidan kalibrlaşdan ötkaziladi, natijada ölçaşlarning xalqaro etalonlargaça bölgan kuzatiluvçanligi ta'minlanadi.

Avval xabar berganimizdek, joriy yil mart oyida Özbekiston milliy metrologiya institutining kalibrlaş laboratoriyalari Turkiyaning akkreditatlaş agentligi (TÜRKAK) tomonidan xalqaro darajada akkreditatsiyadan ötkazildi. Buning natijasi ölaroq, Özbekiston milliy metrologiya institutining massa, bosim va harorat kattaliklari böyiça körsatiladigan kalibrlaş laboratoriyalarining dalolatnoma va xulosalari Laboratoriyalar akkreditatsiyasi böyiça xalqaro taşkilot (ILAC) doirasida 60 dan ortiq davlatlarda tan olinadi.

Özbekiston milliy metrologiya instituti matbuot xizmati