«Texnik jihatdan tartibga soliş sohasida davlat boşqaruvini tubdan takomillaştiriş töğrisida»gi prezident farmoni e'lon qilindi.
Unga köra, Investitsiyalar va taşqi savdo vazirligi huzurida Texnik jihatdan tartibga soliş agentligi taşkil etiladi.
Qayt etilişiça, 2021 yil 1 sentyabrdan ayrim turdagi xavflilik darajasi yuqori bölmagan mahsulotlarning muvofiqligini baholaş muvofiqlikni deklaratsiyalaş yöli bilan amalga oşiriladi. Bunda, muvofiqlikni deklaratsiyalaş texnik reglament talablari asosida mahsulotning töliq sinovlari ötkazilgandan söng ijobiy sinov natijalariga köra tuziladigan sinov bayonnomalari asosida muvofiqlik sertifikati berilmagan holda amalga oşiriladi.
2021 yil 1 noyabrdan boşlab import qiluvçilarga qulaylik yaratiş hamda içki bozorga sifatli va xavfsiz mahsulotlarning kirib kelişini ta'minlaş maqsadida:
- xavflilik darajasi yuqori bölgan ayrim turdagi mahsulotlarni davlat röyxatidan ötkazgandan söng respublika hududiga erkin muomalaga çiqariş (jismoniy şaxslar tomonidan öz ehtiyojlari uçun qonunçilik hujjatlarida belgilangan me'yorlar doirasida olib kelingan mahsulotlar bundan mustasno) tartibi joriy etiladi. Bunda uşbu mahsulotlar bojxona hududiga kelişidan kamida 15 kun oldin bojxona elektron dasturiga joylaştirilişi şart.
- xavflilik darajasi yuqori bölmagan ayrim turdagi mahsulotlarni Özbekiston rezidenti hisoblangan akkreditatsiya qilingan muvofiqlikni baholaş organlarida bir marta rasmiylaştirgan holda yigirma tört oy davomida import qilişga ruxsat etiladi.
Investitsiyalar va taşqi savdo vazirligi 2021 yil 1 iyulga qadar texnik jihatdan tartibga soliş sohasidagi normativ hujjatlarni qabul qiliş tartibini xalqaro talablar asosida soddalaştiriş böyiça qonunçilikka özgartirişlar kiritiş haqida Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritişi belgilandi.
Şuningdek, mahsulotning xorijiy davlatlarning standartlariga muvofiqligini baholaş uçun xorijiy davlatlar standartlarining Özbekistonda davlat röyxatidan ötkazilişi talab qilinmaydi.

















