Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Toshkentda Ichki ishlar organlari faoliyatini muvofiqlashtirish boshqarmalari tashkil etiladi
Toshkent shahridagi tuman ichki ishlar boshqarmalari (bo‘limi) negizida tumanlarni kompleks ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish bo‘yicha sektorlar (keyingi o‘rinlarda – sektorlar) hududlari doirasida kuch va vositalarni maqsadli taqsimlagan holda ichki ishlar organlari faoliyatini muvofiqlashtirish boshqarmalari (keyingi o‘rinlarda – muvofiqlashtirish boshqarmalari) tashkil etiladi. Prezident Shavkat Mirziyoyevning “Toshkent shahrida jamoat tartibini saqlash, huquqbuzarliklar profilaktikasi va jinoyatchilikka qarshi kurashishning sifat jihatidan yangi tizimini joriy etish to‘g‘risida” qarori shundan dalolat bermoqda.
Qarorda muvofiqlashtirish boshqarmalarining asosiy vazifalari belgilab berilgan:
• ichki ishlar organlari bo‘linmalari faoliyatini tahlil qilish, rejalashtirish va tashkil etish, sektorlarga bo‘lish tamoyili asosida tuman hududi doirasida real vujudga kelgan tezkor va kriminogen vaziyatni hisobga olgan holda mavjud kuch va vositalarni taqsimlash;
• xalq bilan manzilli muloqotni, fuqarolarning eng muhim muammolarini hal etishda har tomonlama ko‘maklashishni, sektorlarga biriktirilgan davlat organlari, fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari va fuqarolik jamiyatining boshqa institutlari bilan uzviy hamkorlikni tashkil etish;
• jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari o‘z vaqtida va sifatli ko‘rib chiqilishi, jamoat tartibi samarali saqlanishi, huquqbuzarliklarning barvaqt profilaktikasi va oldi olinishi, sodir etilayotgan jinoyatlarga tezkor choralar ko‘rilishini ta'minlash.
Mavzuga oid
12:11
O‘zbekistonda birinchi Xalqaro islom forumi bo‘lib o‘tadi
18:20 / 04.07.2026
Toshkentning har bir tumanida 15-20 tadan jamoat hojatxonalari quriladi
17:57 / 04.07.2026
Toshkentda yangi tipdagi maktablar quriladi: sportzal va oshxona yerto‘lada bo‘ladi
17:37 / 04.07.2026