O‘zbekiston Respublikasi prezidenti “Prokuratura organlarining qabul qilinayotgan normativ-huquqiy hujjatlar ijrosini ta'minlashdagi faoliyati samaradorligini oshirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi farmonni imzoladi.

Hujjat bilan O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturada Ijtimoiy qonunchilik ijrosini nazorat qilish bo‘yicha Boshqarma va Iqtisodiy qonunchilik ijrosini nazorat qilish bo‘yicha Boshqarma;

O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligining Tadbirkorlik sub'yektlari va xorijiy investitsiyalar huquqiy himoyasi bo‘yicha Boshqarma va uning hududiy bo‘limlari;

O‘zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo‘mitasi nazorat qiluvchi organlar faoliyatini muvofiqlashtirish Boshqarmasi va uning hududiy bo‘linmalari tugatilmoqda.

Belgilanishicha, 2018 yil 1 martdan prokuratura organlari xodimlarining Yagona tarif jadvali bo‘yicha maosh to‘lash haqidagi tasdiqlangan razryadlar bo‘yicha lavozim ish haqini belgilashda tarif koeffitsiyenti bir yarim barobarlik hajmda qo‘llaniladi;

O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi markaziy apparatining xizmat unvoniga ega bo‘lgan xodimlariga lavozim ish haqlariga alohida mehnat sharoitlari uchun har oylik ustama miqdori 50 foizni tashkil etadi.