Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Prezident loyihalarning iqtisodiy samaradorligiga e'tibor qaratdi
Buxoro tumanida viloyatda amalga oshiriladigan iqtisodiy loyihalar taqdimoti o‘tkazildi. Chorvachilik, parrandachilik, ipakchilik, echkichilik, asalchilik va boshqa tarmoqlarni rivojlantirish, paxta maydonlarini qisqartirish va meva-sabzavot yetishtirishni ko‘paytirish hisobiga eksport salohiyatini oshirish, yerlarning meliorativ holatini yaxshilashga qaratilgan rejalar haqida ma'lumot berildi. Bu haqda davlat rahbari matbuot xizmati xabar qilmoqda.
Shavkat Mirziyoyev qorako‘lchilikni rivojlantirish masalasiga alohida e'tibor qaratdi. Buxoro qorako‘lchilikning asl vatani ekani, mahalliy aholi ilgaridan bunday mahsulotlarni butun dunyoga sotib, katta daromad topganini qayd etdi. Bu sohada yo‘qolib borayotgan naslchilik va tajribani qayta tiklash, cho‘pon va tikuvchi hunarmandlarni qo‘llab-quvvatlash zarurligini ta'kidladi. Qorako‘lchilik bo‘yicha institut va jamg‘arma, Buxoroda zavod tashkil etish yuzasidan topshiriqlar berdi.
Yana bir diqqatga sazovor loyiha – tut bargidan foydali choy ishlab chiqarishga doir. Mutaxassislarning fikricha, tut bargida kofein va tanin moddasi odatdagi choydan 200 barobar kam. Vitamin va minerallar esa, aksincha, ko‘proq.
Prezident bu loyihani ma'qullab, bunday choy aholi salomatligi uchun foydaliligi, import o‘rnini bosishi bilan alohida ahamiyatga ega ekanini ta'kidladi.
Buxoroda o‘rmon xo‘jaligi yo‘nalishida ham katta imkoniyatlar mavjud. O‘zbekistonda o‘sadigan shifobaxsh ne'matlar ko‘plab sohalarda keng qo‘llaniladi. Xususan, tsistanxe va isiriq o‘simligiga xorijiy farmatsevtika korxonalarida talab yuqori. Birgina tsistanxening dorivor xususiyati jyenshen o‘simligiga qaraganda besh barobar yuqoriligiga e'tibor qaratildi.
Shavkat Mirziyoyev bunday tabiiy imkoniyatlarni to‘la ishga solish orqali yangi ish o‘rinlari yaratish, eksportni ko‘paytirish bo‘yicha topshiriqlar berdi.
Mavzuga oid
15:20 / 13.06.2026
Eski sandiqdan topilgan britancha surat: Dulsi xonim izlagan Boqijon Akramov Buxoro va Qashqadaryodan topildi
12:10 / 27.05.2026
Buxoroda YTH sodir qilgan haydovchi 10 sutkaga qamaldi
18:54 / 26.05.2026
Tintuvdan so‘ng yo‘qolgan tillalar – qidiruvdagi sobiq tergovchi ishida yangi tafsilotlar paydo bo‘ldi
08:20 / 25.05.2026