Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Shavkat Mirziyoyev Buxoroda. Tashrif ikki kun davom etadi
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev joylarda amalga oshirilayotgan bunyodkorlik ishlari, iqtisodiy-ijtimoiy islohotlarning borishi bilan tanishish maqsadida 16 fevral kuni Buxoro viloyatiga tashrif buyurdi. Bu haqda prezident matbuot xizmati xabar berdi.
«Davlatimiz rahbari 2017 yil 10-11 mart kunlari viloyatga tashrifi chog‘ida barcha sohalarni rivojlantirish bo‘yicha keng ko‘lamli rejalarni belgilab bergan edi. Mazkur topshiriqlar ijrosi doirasida ulkan ishlar amalga oshirildi. Yangi sanoat korxonalari, tadbirkorlik sub'yektlari tashkil etildi. Mahalliylashtirish darajasi va eksport hajmi oshdi. Transport va servis infratuzilmasi rivojlanib, sayyohlar oqimi ko‘paydi. Qishloq xo‘jaligida foydalanilmagan imkoniyatlar ishga solindi. Yangi uy-joylar, ijtimoiy obektlar bunyod etildi.
Ikki kunlik tashrif davomida Prezidentimiz avvalgi topshiriqlar ijrosi, amalga oshirilayotgan bunyodkorlik ishlari bilan tanishishi, galdagi muhim vazifalarni belgilab berishi rejalashtirilgan», deyilgan xabarda.
Mavzuga oid
15:06 / 02.07.2026
Buxoroda qamishzorga o‘t qo‘yilishi oqibatida 50 tup daraxt yonib ketdi
14:01 / 25.06.2026
Buxoro viloyati hokimiga yangi o‘rinbosar tayinlandi
11:50 / 17.06.2026
FVB tizimiga ishga kiritishni va’da qilgan shaxs ushlandi
13:14 / 14.06.2026