O‘zbekiston | 14:09 / 17.02.2018
38943
1 daqiqa o‘qiladi

Shavkat Mirziyoyev Kogon tumanidagi harbiy qismga bordi

Foto: Prezident matbuot xizmati

O‘zbekiston Respublikasi prezidenti, Qurolli Kuchlar oliy bosh qo‘mondoni Shavkat Mirziyoyev Kogon tumanidagi harbiy qismni borib ko‘rdi. Bu haqda davlat rahbari matbuot xizmati xabar bermoqda.

Harbiy qismda mudofaa tizimidagi islohotlarning borishi, Buxoro harbiy ma'muriy sektori faoliyati haqida axborot berildi.

Xalq bilan armiya, mudofaa boshqarmalari bilan hokimlik bir bo‘lishi kerak, dedi Shavkat Mirziyoyev. Harbiylar yoshlar bilan tez-tez uchrashib turishi, ularni vatanparvarlik ruhida tarbiyalashga hissa qo‘shishi zarur.

Prezident harbiylarning xizmat va yashash sharoitlari bilan tanishdi. Askar va ofitserlar bilan suhbatlashdi.

Foto: Prezident matbuot xizmati
Foto: Prezident matbuot xizmati
Foto: Prezident matbuot xizmati

Mavzuga oid