Londonda yashovchi 10 yoshli o‘zbek qizi saratonga chalingan tengdoshlari uchun xayriya aksiyasi haqida e'lon qildi
Londonda istiqomat qiluvchi o‘zbek qizi Hafiza Nuriddinova O‘zbekiston va Buyuk Britaniyada saratonga chalingan bolalar hamda o‘smirlarga yordam berish maqsadida xayriya aksiyasi haqida e'lon qildi. Gofundme saytida taqdim etilgan videomurojaat shundan dalolat bermoqda.
"Salom, men Hafiza Nuriddinovaman, yoshim 10 da. Men do‘stlarim va oila a'zolarimdan eshitgan saratonga chalingan bemorlar uchun pul yig‘moqchi edim. Yig‘ilgan pullar asosan saraton kasalligi moliyalashtirilmaydigan O‘zbekiston, shuningdek Buyuk Britaniyadagi bolalar va o‘smirlar uchun yo‘naltiriladi.
Shu sababli men o‘z oldimga bugundan (2018 yil 12 fevral) boshlab ikki hafta davomida vegetarian bo‘lishni maqsad qildim. Men tanlab yeydigan qizman, mening vazifam oqsil miqdorini qo‘llab-quvvatlash uchun go‘sht o‘rniga, o‘zimga yoqmaydigan narsalarni yeyishdan iborat bo‘ladi.
Iltimos, saxiylik ulashing, pullarning 100 foizi saratonga chalingan bemorlarga yo‘naltiriladi. Hech qanday ma'mur to‘lovlari yo‘q. Va'da bering! Rahmat", - deb yozadi Hafiza.
Mavzuga oid
23:49 / 08.11.2024
Britaniyada hospis yopilmasligi uchun 6 mln funt sterling xayriya mablag‘i to‘plandi
17:42 / 08.11.2024
Olimlar saratonning eng agressiv shakllarini yengish usulini o‘rgandi
15:23 / 30.10.2024
Olimlar saratonni sun’iy intellekt yordamida davolashning yangi usulini kashf etdi
15:10 / 29.10.2024