Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Livan armiyasi Isroilning ehtimoliy tajovuzkorligini «istalgan usullar» bilan qaytarishga tayyor
Foto: aljoumhouria
Livan armiyasi qo‘mondoni Imod Aunning ma'lum qilishicha, Isroil tomonidan keluvchi ehtimoliy tajovuzkorlikni qaytarishda istalgan usullardan foydalanishga tayyor. Uning so‘zlari mamlakat armiyasining tvitterdagi rasmiy sahifasida e'lon qilindi.
«Men yana bir bor shuni tasdiqlamoqchimanki, Livan suvereniteti va Isroil tomonidan barcha iqtisodiy resurslardan foydalanishga bo‘lgan muqaddas huquqning kamsitilishini umuman qabul qilmaymiz. Armiya Isroil tajovuzkorligini istalgan yo‘l bilan qaytarish uchun barcha usuldan foydalanadi», - deya aytib o‘tdi Aun.
Shu tariqa Aun Isroil mudofaa vaziri Avigdor Libermanning O‘rta Yer dengizi shelfidagi hududlardan biri Isroilga tegishli ekani haqidagi bayonoti bilan bog‘liq vaziyatga izoh berdi.
Mavzuga oid
13:29
Isroil yana G‘azoga zarba berdi: 11 nafar falastinlik o‘ldirildi
22:38 / 20.01.2026
Isroil BMT Falastin qochqinlariga yordam agentligi qarorgohini buzib tashladi
13:11 / 19.01.2026
Orban Tramp taklif qilgan “Tinchlik kengashi” tarkibiga kirishga rozi bo‘ldi
15:30 / 16.01.2026