Özbekiston Respublikasi prezidenti “Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalari sohasini yanada takomillaştiriş çora-tadbirlari töğrisida”gi farmonni imzoladi.
Hujjat bilan Özbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantiriş vazirligi (keyingi örinlarda Vazirlik deb yuritiladi) hamda Özbekiston Matbuot va axborot agentligining:
Respublika axborot-kutubxona markazi, Qoraqalpoğiston Respublikasi, viloyatlar va Toşkent şahar axborot-kutubxona markazlarini Özbekiston Matbuot va axborot agentligining Alişer Navoiy nomidagi Özbekiston Milliy kutubxonasi tasarrufiga ötkaziş;
“Ommaviy kommunikatsiyalar sohasidagi monitoring markazi” davlat muassasasini Özbekiston Matbuot va axborot agentligi tuzilmasiga beriş;
“Matbuot tarqatuvçi” AKni belgilangan tartibda “Özbekiston poçtasi” AJga qöşiş masalasini “Matbuot tarqatuvçi” AK va “Özbekiston poçtasi” AJ aksiyadorlarining umumiy yiğilişlarida qöyiş töğrisidagi takliflari ma'qullandi.
Vazirlik ikki hafta muddatda ötkazilayotgan taşkilotlarning ştat birliklari va binolari, şuningdek, ularga tegişli bölgan tovar-moddiy boyliklar, şu jumladan pul mablağlarining Özbekiston Matbuot va axborot agentligiga berilişini ta'minlaydi.
Aloqa, axborotlaştiriş va telekommunikatsiya texnologiyalari sohasida nazorat böyiça davlat inspeksiyasi Vazirlik huzuridagi Aloqa, axborotlaştiriş va telekommunikatsiya texnologiyalari sohasida nazorat böyiça inspeksiya etib qayta taşkil etildi.
Inspektsiya axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalari sohasida qonunçilik, fonogrammalar, audiovizual asarlar, elektron hisoblaş maşinalari uçun dasturlarni tarqatişda mualliflik huquqlariga rioya etilişi ustidan nazoratni amalga oşiruvçi maxsus vakolatli davlat organi hisoblanişi belgilandi.
2018 yil 1 apreldan Inspektsiyaga qonunçilik va boşqa normativ hujjatlar, davlat standartlari talablari hamda aloqa, axborotlaştiriş va telekommunikatsiyalar sohasida taqdim etilayotgan xizmatlar sifatining buziliş holatlari töğrisidagi ma'lumotlarni aniqlaş, oliş huquqi berildi.
Belgilab qöyilişiça:
a) 2018 yil 1 iyundan:
tadbirkorlik sub'yektlari tovarlar, işlar (xizmatlar) eksport qilinganligi uçun eksport şartnomasi tuzmasdan va bank komissiyasi undirilmasdan, Internet tarmoğidagi elektron savdo maydonçalari orqali, Özbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanadigan röyxat böyiça ayrim tovarlardan taşqari, tovarlar, işlar (xizmatlar) eksportini amalga oşiriş huquqiga ega;

















