O‘zbekiston | 13:23 / 20.02.2018
11015
2 daqiqa o‘qiladi

O‘zbekiston Misrga maishiy texnika yetkazib berishni boshlaydi

Foto: Artel

«O‘zeltexsanoat» aksiyadorlik kompaniyasi vakillari Misrga tashrif buyurib, Misr savdo va sanoat vaziri birinchi o‘rinbosari Ahmad Antar bilan uchrashuv o‘tkazishdi. Misrga Artel kompaniyalar guruhi maishiy texnikasi yetkazib berishni tashkil etishga kelishib olindi, deb xabar bermoqda «Jahon» AA.

Suhbat chog‘ida A.Antar Misr O‘zbekiston bilan avtomobilsozlik, elektrotexnika, to‘qimachilik va farmatsevtika sanoatida hamkorlik o‘rnatishga qiziqish borligini tasdiqladi.

O‘zbekiston delegatsiyasi Qohira Savdo palatasi, Misr tadbirkorlar uyushmasi, Muhandislik mahsuloti ishlab chiqaruvchilar palatasida ham muzokaralar o‘tkazdi.

Uchrashuvlar yakuni bo‘yicha «O‘zeltexsanoat» AK vakillari Qohira Savdo palatasi bilan hamkorlik to‘g‘risida bayonnoma va Misr tadbirkorlar uyushmasi bilan anglashuv memorandumini imzolashdi.

Misrda ikki mamlakat ishbilarmonlari uchun to‘g‘ridan-to‘g‘ri muzokaralar shakli (B2B) tashkil etildi. Tomonlar o‘rtasida amaliy hamkorlikni o‘rnatish, qo‘shma innovatsion mahsulotlarni ishlab chiqarish uchun shart-sharoitlarni yaratish bo‘yicha keyingi qadamlar to‘g‘risida kelishib olindi.

Eco Solar Energy Misr va qo‘shni Liviya bozorlarida yanada sotish uchun Artel quyosh panellarini xarid qilishga qiziqish bildirgan bo‘lsa, Toshiba – Al-Arabi «O‘zeltexsanoat» AK bilan maishiy texnika ishlab chiqarish bo‘yicha birgalikda zavodlar qurish uchun O‘zbekiston iqtisodiyotiga sarmoya kiritish niyatini bildirdi. Bundan tashqari, Korra Energy Misr va unga qo‘shni davlatlarda o‘zbek kabel mahsulotlari hamda LED-lampalari distibyutori sifatida o‘zini taklif etdi.

Shuningdek Misrga RAF Express o‘zbek kompaniyasi tomonidan ishlab chiqarilgan turli diametrdagi mis quvurlarni yetkazib berish shartlari muhokama qilindi. 

Mavzuga oid