Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Ispaniya shaharlarida O‘zbekiston sayyohlik salohiyatiga bag‘ishlangan taqdimotlar o‘tkazildi
Ispaniyaning Barselona va Madrid shaharlarida «O‘zbekiston havo yo‘llari» Milliy aviakompaniyasining Toshkent-Barselona-Toshkent yo‘nalishi bo‘yicha muntazam reyslarini yo‘lga qo‘yish va O‘zbekiston sayyohlik salohiyati borasida taqdimot bo‘lib o‘tdi. Bu haqda Milliy aviakompaniya matbuot xizmati xabar bermoqda.
O‘zbekiston Milliy aviakompaniyasi, Kataloniya turizmni rivojlantirish agentligi hamda Toshkentdagi Ispaniyaning viza markazi tadbir ishtirokchilari sifatida ishtirok etishdi. Unda Kataloniya hukumati va ishbilarmon doira vakillari, mahalliy yetakchi sayyohlik kompaniyalari hamda ommaviy axborot vositalari vakillari ham qatnashishdi.
Taqdimot davomida Milliy aviakompaniya imkoniyatlari va O‘zbekistonning madaniy-tarixiy merosi, uning mashhur joylari tasvirlangan videolavhalar namoyish etildi. Milliy aviakompaniya mutaxassislari B2B formatida Ispaniya hukumati va mamlakatning yetakchi sayyohlik kompaniyalari vakillari bilan qator uchrashuvlar o‘tkazdi.
Ikki shaharda o‘tgan tadbir ishtirokchilari O‘zbekistonning sayyohlik salohiyatiga katta qiziqish bildirishdi. Jumladan, O‘zbekistonda amalga oshirilayotgan sayyohlik sohasidagi islohotlarni yuqori baholashdi. Ispaniyalik fuqarolar uchun hozirgi soddalashtirilgan viza rejimi va Barselonaga doimiy parvozlarning yo‘lga qo‘yilishi bu sohani yanada rivojlantirishi alohida qayd etildi.
Ma'lumot o‘rnida: «O‘zbekiston havo yo‘llari» Milliy aviakompaniyasi joriy yilning 24 mayidan boshlab Toshkent-Barselona-Toshkent yo‘nalishi bo‘yicha parvozlarni boshlaydi.
Mavzuga oid
20:18 / 15.01.2026
Toshkentdagi ayrim ko‘chalarda jamoat transporti harakati sxemasi o‘zgartiriladi
12:08 / 14.01.2026
102 ga qo‘ng‘iroq qilib, “Trampga chora ko‘rishni” so‘ragan fuqaro ma’muriy jazoga tortildi
15:29 / 13.01.2026
Qoraqalpog‘iston va Toshkentda qalbaki dollar o‘tkazmoqchi bo‘lganlar ushlandi
02:24 / 12.01.2026