Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Mahmud Abbos Britaniya va AQSh siyosatini tanqid qildi
Falastin milliy ma'muriyati raisi Mahmud Abbos BMT Xavfsizlik kengashi yig‘ilishida Buyuk Britaniya va AQShning Falastinga nisbatan siyosatini tanqid qildi.
Abbos o‘z xalqining og‘ir ahvoldaligi uchun Buyuk Britaniya hukumatini aybladi.
“Britaniya hukumati bu deklaratsiya natijasi bo‘lgan Falastin xalqi uchun falokatli oqibatlar uchun javobgar”, deb aytgan Abbos 1917 yilgi Balfur deklaratsiyasi haqida. Abbosning aytishicha, bu hujjatga ko‘ra, “ega bo‘lmaganlar huquqi yo‘qlarga berganlar”.
Abbos Vashington xatolarini ham qayd qilib o‘tgan. “AQSh Falastinni ozod qilish tashkilotini hamon terrorchilik ro‘yxatiga kiritishi taajjublidir va Vashingtondagi missiyamizning ishi uchun to‘siq yaratadi”, deb aytgan Abbos.
“Agar kongress bizni terrorchilar deb hisoblasa, unda ma'muriyat biz bilan qanday qilib aloqalarga ega? Qanday qilib tashrif buyurishadi? Qanday qilib ko‘mak ko‘rsatishadi? Qanday qilib terrorchilarga yordam berasiz?”, deb yuzlangan Abbos AQSh delegatsiyasiga.
Abbosning ma'lum qilishicha, Falastinni ozod qilish tashkiloti vakillari 2017 yilda AQSh prezidenti Donald Tramp bilan 4 marta uchrashishgan.
Yig‘ilishda AQShning BMTdagi doimiy vakili Nikki Xeyli hamda Trampning kuyovi va maslahatchisi Jared Kushner ham bo‘lgan.
Mavzuga oid
23:54 / 05.07.2026
Tramp Anqarada Zelenskiy bilan uchrashishi mumkin
23:22 / 05.07.2026
Oq uy FIFAdan Balogunning diskvalifikatsiyasini bekor qilishni so‘radi – OAV
12:48 / 05.07.2026
AQSh mustaqilligining 250 yilligini dabdaba va mushakbozlik bilan nishonladi (fotoreportaj)
05:49 / 05.07.2026