Toşkent şahar adliya boşqarmasining “Facebook” ijtimoiy tarmoğidagi sahifasida ma'lum qilinişiça, Advokatlar palatasida joriy yilning 19 fevral kuni Toşkent şahrida faoliyat körsatuvçi advokatlar iştirokida davra suhbati ötkazildi.

Davra suhbatida Toşkent şahrida faoliyat yurituvçi advokatlik tuzilmalari tomonidan haftaning ma'lum kunida bepul fuqarolarga huquqiy yordam körsatiş böyiça “Oçiq eşiklar kuni” doirasida jadval işlab çiqildi va unga qat'iy rioya etilişi haqida kelişib olindi.

Bundan közlangan asosiy maqsad jismoniy va yuridik şaxslarga bepul huquqiy yordam körsatib, ular duç kelayotgan muammolar yuzasidan tegişli tuşuntirişlarni berib boriş hisoblanadi.

Ta'kidlab ötiş örinliki, poytaxtda faoliyat yuritayotgan advokatlik tuzilmalarining 2018 yil davomida fuqarolar uçun “Oçiq eşiklar kuni” munosabati bilan fuqarolarga bepul oğzaki huquqiy maslahatlar berib boriş böyiça navbatçilik jadvalini tasdiqlab, advokatlik tuzilmalariga e'lon joylaştirilişi kelgusida fuqarolarimizning huquqiy sohadagi yeçimini topmagan masalalarni hal etilişiga muhim turtki böladi.