Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Tojikiston bilan uzoq yillardan buyon to‘xtab qolgan madaniy aloqalarni yo‘lga qo‘yish bo‘yicha kelishib olindi
Joriy yilning 20 fevral kuni Dushanbe shahrida “O‘zbekkonsert” davlat muassasasi direktori Odiljon Abduqahhorov hamda Tojikiston madaniyat vazirligining “Bazmaro” davlat muassasasi direktori Olim Akromov o‘rtasida uchrashuv bo‘lib o‘tdi.
Mazkur uchrashuvda ikki davlat o‘rtasida soha bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar bo‘yicha tajribalar almashildi, turli fikrlar muhokama etildi. Shuningdek, bir necha yillardan buyon to‘xtab qolgan madaniy aloqalarni yo‘lga qo‘yish, jumladan, doimiy qo‘shma konsertlar va festivallar tashkil etish bo‘yicha hamkorlikni kuchaytirish kelishib olindi.
Shuni alohida ta'kidlash joizki, O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev tomonidan mamlakatda san'at va madaniyat sohasida olib borilayotgan islohotlar, aynan “O‘zbekkonsert” faoliyatiga qaratilayotgan e'tibor tojikistonlik mutaxassislar tomonidan keng e'tirof etildi. Shu bois Tojikistonning “Bazmaro” davlat muassasasi faoliyatini aynan O‘zbekiston tajribasi asosida yo‘lga qo‘yish rejasini mamlakat hukumatiga kiritishni maqsad qilishdi.
Mavzuga oid
20:08 / 08.10.2025
Shavkat Mirziyoyev amaliy tashrif bilan Tojikistonga boradi
21:26 / 25.08.2025
Tojikistonda folbin va sehrgarlar xizmatidan foydalanganlik uchun jazo joriy etildi
07:46 / 23.08.2025
Rossiyaga isiriq olib borgan tojikistonlik ayol 8 yilga qamaldi
10:54 / 12.03.2025