15 fevralda Ganadagi qişloq maktabida axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan dars beruvçi Ovuka Kvadvo Facebook’dagi sahifasida fanidan qanday dars berişiga töğri kelişini namoyiş qildi.

Uşbu maktabda kompyuterlar bölmagani sababli, öqituvçi doskada Microsoft Word dasturi oynasi körinişini erinmay batafsil çizib çiqqan. Öqituvçining aytişiça, unga buning uçun yarim soatça vaqt ketgan.

Öqituvçining aytişiça, “u bolalarni yaxşi köradi va şu sababli ular informatika haqida taxminiy tuşunçaga ega böla olişadigan iş qilişga qaror qilgan”. Kvadvoning bu posti ijtimoiy tarmoqda jadal ommalaşgan va foydalanuvçilar izohlarida özlarining eski kompyuterlarini maktabga berişga tayyorliklarini bildira boşlagan. 

Foto: Facebook/hottish.owura

Keyinroq suratlar Reddit forumida paydo bölgan. Suratlarga qoldirilgan izohlarda ba'zi afrikaliklar bunday şaroitlarda öqitişgani yoki öqişganini eslab ötganlar. Bir foydalanuvçining ma'lum qilişiça, u bir neça yil avval şunga öxşaş maktabda dars bergan. U yerda  kompyuterlar xonasi bölgan-u, biroq elektr ahyon-ahyonda yoqilgan. Uning ta'kidlaşiça, texnikasiz darslarni ötiş foydaliroq ham bölgan, çunki bolalar çalğimaganlar.

Bir hind esa özi öqigan maktabda bir oyda ikki marta maktabdagi yagona kompyuter oldiga olib borişlarini, biroq öqituvçi dars ötiş örniga kompyuterda öynab ötirişini sözlab bergan. Öquvçilar dasturlar haqida darsliklardagi rasmlardan tuşunçaga ega bölganlar. Hozirda esa bu hind dasturçi bölib işlaşini qöşimça qilgan. 

Foto: Facebook/hottish.owura

Boşqa foydalanuvçilar esa vaziyatni hazil-mutoyiba bilan qabul qilişgan. Jumladan ular Word dasturidagi “skrepka” (yordamçi) körinişidagi kiyimda yana bir öqituvçi bölişi va u sinfxonaga har bir neça daqiqada kirib turişi kerakligini aytişgan.