Jinoyat işlari böyiça Toşkent viloyat sudida çinozlik “Ahmadboy” nomi bilan dong çiqargan Ahmadjon Tursunboyevga sud hukmi öqilgani xabar berilgandi. Unga 13 yilga ozodlikdan mahrum etiş jazosi berilgan, biroq amnistiya qöllanib, jazo muddatining törtdan bir qismi qisqartirildi. Unga 1 yil muddatga tadbirkorlik bilan şuğullaniş huquqidan mahrum qilingan holda 52 million 96 ming sömga teng jarima jazosi ham belgilandi.

«Özbekiston 24» telekanali efirida namoyiş etilgan lavhada aytilişiça, uning himoyaçisi sud hukmi ustidan şikoyat qiliş tartibi va muddatiga asosan iş körişini aytib ötdi.

«Himoyam ostidagi Ahmadjon Hamidoviç Tursunboyevga nisbatan, himoya nuqtai nazaridan qaralganda, juda oğirroq jazo berildi, deb hisoblayman. Şu sababli ham hukmning nusxasini olganimizdan söng, apellyatsiya şikoyatiga, balki, murojaat qilişimiz mumkin. Jinoyat kodeksining 168-moddasini tan olmadilar. Haqiqatdan ham noqonuniy işlar bölganini, puşaymon ekanliklarini bildirdilar. Lekin, iloji boriça 168-modda, bundan taşqari, 188-, 189-moddalarini aybdan çiqarişni söradilar», - deya aytib ötgan uning himoyaçisi Malika Mazbudova.

Eslatib ötamiz, avvalroq «Ahmadboy» maşmaşasiga aloqador yana 6 kişiga jazo tayinlangani xabar berilgandi.