Taniqli şoir, tarjimon Mirpölat Mirzo keça 21 fevral, çorşanba kuni vafot etdi. Bu haqda şoir Muhammad Ismoil ijtimoiy tarmoqdagi sahifasida xabar bergan.

“Xudoyimning işlari qiziq. Boyagina, Özbekiston Yozuvçilar uyuşmasida körişgan edik. Odil Yoqubovning yubileyini ötqazişda birga bölamiz deb suhbatlaşgan edik. Ammo, hozirgina noxuş xabar eşitdim. Mirpölat akamizni berib qöyibmiz. Muhtaram döstlar. Joylari jannatdan bölsin. Tilla inson edilar. Özbek şe'riyatining zabardast pahlavoni edilar. Ertaga peşinga saloti janozaga”, - deb yozgan M.Ismoil.

Mirpölat Mirzo 1949 yil 20 avgustda Çimkent viloyatining Sayram qişloğida tuğilgan. Örta maktabni bitirgaç, hozirgi Özbekiston Milliy universitetining jurnalistika fakultetiga öqişga kirgan va uni 1971 yilda tugatgan. 

Mehnat faoliyatini 1971 yilda hozirgi “Yangi asr avlodi” naşriyotida boşlagan. U Özbekiston Yozuvçilar uyuşmasida adabiy maslahatçi, “Yozuvçi” naşriyotida boş muharrir, Yozuvçilar uyuşmasining kotibi vazifalarida işlab keldi. Uzoq yillar “Jahon adabiyoti” jurnali boş muharririning örinbosari böldi.

Mirpölat Mirzoning ijodi talabalik yillarida boşlangan. Dastlabki şe'riy turkumi 1971 yilda “Guliston” jurnalida, ilk şe'riy töplami esa 1975 yilda naşr etilgan. “Işq fasli” (1978), “Yaxşi kunlar” (1981), “Sunbula” (1985), “Moviy daryo” (1988), “Atirgul va yulduzlar” (1990) kabi qator töplamlari çop etildi. 

Mirpölat Mirzo mustaqillik yillarida barakali ijod qildi. Şe'rlaridan jamlangan “Saylanma” (2004), maqolalar, pesa, tarjimalar, şe'rlardan iborat “Surur” (2009) majmuasi, esselar, safarnomani öz içiga olgan “Rayhon isi” (2011) töplami bosilib çiqdi.

Tarjimon sifatida Mirpölat Mirzo Lessingning “Donişmand Natan”, Şekspirning “Yoz tuni ğaroyibotlari” asarlarini özbek tiliga tarjima qildi. Bu asarlar özbek Milliy akademik drama teatrida muvaffaqiyat bilan sahnalaştirildi. “Somon yöli çeçaklari” (jahon şe'riyati antologiyasi, 2004), “Sayra, dömbiram” (qozoq şe'riyati antologiyasi, 2005), “Lojuvard osmon” (XX asr şoirlari, 2008) kitobi,“XX asr rus
şe'riyati” (2010) tarjima majmualari naşr etildi.

Özbekistonda xizmat körsatgan madaniyat xodimi Mirpölat Mirzo Pasternak nomidagi Rossiya (1998), “Alaş” nomli Qozoğiston xalqaro mukofotlari (2001) sohibi bölgan.

KUN.UZ tahririyati marhumning oila a'zolariga, yaqinlariga çuqur hamdardlik bildiradi.