Saudiya Arabistoni keyingi 10 yil içida köngil oçiş sanoatiga 64 mlrd dollar sarmoya kiritmoqçi. Bu haqda Arab News xabar bermoqda. 

Mablağlar köngil oçiş infratuzilmasini barpo etiş, konetsertlar, myuzikllar taşkillaştiriş, komiklar çiqişi va mamlakatdagi birinçi opera teatri qurilişiga sarflanadi. Bu haqda Saudiya Arabistonining köngil oçiş boşqarmasi rahbari Ahmad bin Oqil Al-Xatib ma'lum qildi.      

Uşbu boşqarma mamlakatdagi ijtimoiy va iqtisodiy islohotlar dasturi Vision 2030 doirasida taşkil etilgan.

Uşbu investitsiyalar bu dasturning bir qismi böladi: mamlakat valiahd şahzodasi Muhammad bin Salmon qirollikning neftga boğliqligini kamaytirib, iqtisodiyotni jumladan köngil oçiş sanoatiga sarmoya kiritiş hamda aholi öz pullarini hordiq çiqarişga sarflay boşlaşlari hisobiga diversifikatsiya qilmoqçi.   

Al-Xatibning aytişiça, 2018 yilda qirollikda 5 mingdan köproq köngiloçar tadbir ötkaziş rejalaştirilgan. Ular orasida Maroon 5 musiqiy guruhi va Cirque Du Soleil sirk jamoasi artistlari çiqişlari bor. 

Bundan taşqari, 2018 yilda mahalliy aholi va sayyohlar mamlakatning 56 ta şahrida myuzikllar, oilalar uçun şoular, stendap-komiklar çiqişlari, konsertlar, sirk tomoşalariga taşrif buyurişlari mumkin böladi. Şuningdek, mart oyida mamlakatda 35 yillik taqiqlovdan keyin ilk kinoteatr oçilmoqçi.

Bundan taşqari, Jidda şahrida qirollikdagi ilk opera teatri quriladi.

Bularning barçasi oxirgi 20 yil davomida konsertlar, restoran va dökonlarda musiqa taqiqlangan davlatda röy bermoqda. 

Al-Xatibning aytişiça, 2030 yilga qadar köngil oçiş sanoatini rivojlantiriş dasturi yordamida 224 mingta yangi iş örni yaratiladi.