“Rosselxoznadzor” 26 fevraldan Belarusdan Rossiyaga sut va sut mahsulotlarining kiritilişini taqiqladi.     

Taqiqlov ostiga sutdan taşqari, pasterizatsiya, sterilizatsiya qilingan, konservalangan va quyultirilgan qaymoq, quruq zardob va boşqa mahsulotlar tuşgan. 

Taşkilotning ta'kidlaşiça, Belarusdan noxavfsiz sut mahsulotlari kelişi davom etayotgani sababli uşbu çoralarni qabul qilişga töğri kelgan. 

“Rosselxoznadzor” 2 kun avval Belarusning 7 ta korxonasi ortidan kuçaytirilgan nazorat tartibini kiritgan. 22 fevralda ularga yana 6 ta korxona qöşilgan. Bunga uşbu korxonalarda standartlarning buzilişi sabab bölgan.

“Rosselxoznadzor” öz vaqtida Belarusning turli korxonalaridan mahsulotlar yetkazib berilişiga çeklovlar kiritgan va bekor qilgan. Çeklovlar Belarusning 50 dan köproq kompaniyasini qamrab olgan.