Jahon | 16:55 / 23.02.2018
7231
1 daqiqa o‘qiladi

Daraxtdan tusha olmagan mushuk bolasini qutqarmoqchi bo‘lgan ayolning o‘zi daraxtda tiqilib qoldi

Foto: Twitter/cambsfrs

Angliyaning Kembrijshir grafligida Emili Uitton daraxtda tiqilib qolgan mushuk bolasini o‘zi qutqarishga qaror qildi, deb yozmoqda Telegraph.

Bella ismli oq-kulrang mushuk bolasi atigi 13 haftalik bo‘lgan.

Ayol 20 metr keladigan daraxtga chiqqan, biroq pastga qaytib tusha olmadi, sababi oyog‘i shoxlardan biriga tiqilib qolgan.

Foto: Twitter/cambsfrs

Voqea joyiga o‘t o‘chirish brigadasi yetib keldi va ayol hamda mushuk bolasiga daraxtdan tushishga yordam berdi.

Kembrijshir o‘t o‘chirish va qutqarish xizmati vakili hayvonni qutqarish uchun «o‘z hayotini xavf ostiga qo‘ymaslik», balki darhol mutaxassislarni chaqirishni tavsiya etgan.

Mavzuga oid