Özbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining «Özbekiston Respublikasi davlat va xöjalik boşqaruvi organlarining axborot xizmatlari faoliyatini yanada takomillaştiriş çora-tadbirlari töğrisida»gi qarori e'lon qilindi.
Qaror bilan «Davlat hokimiyati va boşqaruvi organlari faoliyatining oçiqligi töğrisida»gi Özbekiston Respublikasi Qonunida belgilangan aholi bilan oçiq muloqotni yölga qöyişning samarali mexanizmlari va usullarini joriy etişga, jismoniy va yuridik şaxslarning davlat va xöjalik boşqaruvi organlari faoliyati töğrisidagi axborotni izlaş, oliş va tarqatişga doir huquqlarini ta'minlaşga qaratilgan normalari ijrosini sözsiz va sifatli ta'minlaş barça darajalardagi davlat va xöjalik boşqaruvi organlarining eng ustuvor vazifalaridan biri deb hisoblanadi.
Davlat va xöjalik boşqaruvi organi rahbari uşbu vazifalar amalga oşirilişi uçun şaxsan mas'ul ekanligi belgilab qöyildi.
Belgilab qöyilişiça, davlat va xöjalik boşqaruvi organlarining axborot xizmatlari (matbuot xizmatlari, jamoatçilik bilan aloqalar xizmatlari) (keyingi örinlarda axborot xizmati deb yuritiladi) davlat va xöjalik boşqaruvi organi xodimlarining umumiy soni doirasida taşkil etiladi hamda şu organ rahbariga bevosita böysunadigan alohida mustaqil bölinma hisoblanadi.
Quyidagilar axborot xizmatining asosiy vazifalari etib belgilandi:
davlat va xöjalik boşqaruvi organi rahbariyati tomonidan zamonaviy talablarga muvofiq belgilanadigan axborot siyosatini şakllantiriş va amalga oşirişda iştirok etiş;
axborot sohasidagi yagona davlat siyosatini amalga oşiriş borasida Özbekiston Respublikasi Prezidentining Matbuot xizmati, davlat va xöjalik boşqaruvi boşqa organlarining axborot xizmatlari bilan samarali va amaliy hamkorlikni ta'minlaş;
davlat va xöjalik boşqaruvi organining faoliyati, uning faoliyat sohasiga doir normativ-huquqiy hujjatlar töğrisida keng jamoatçilikni xolisona, sifatli va tezkor xabardor qiliş;
ommaviy axborot vositalari bilan özaro hamkorlik qiliş, axborot xizmati bilan doimiy hamkorlikda işlaydigan jurnalistlar doirasini şakllantiriş, axborot xabarlarini (matbuot uçun axborotlar, byulletenlar va şu kabilarni) tarqatiş, ommaviy tadbirlarni taşkil etiş;
axborotni davlat va xöjalik boşqaruvi organining rasmiy veb-saytida tezkor joylaştiriş va öz vaqtida yangilab boriş, Internet tarmoğidagi veb-resurslarni, şu jumladan, ijtimoiy va mobil tarmoqlarni rivojlantiriş;

















