Dunyoning 32 yirik şahrida yaşovçi 15 ming kişi orasida sörovnoma ötkaziş asosida Time Out sayohatlar uçun eng jozibali şaharlar reytingini tuzdi. Ballarni hisoblaşda şahar hayotining turli aspektlari - oziq-ovqat, içimliklar, madaniyat, döstona munosabat, hamyonboplik, baxt darajasi, yaşaş qulayligi, fuqarolar xavfsizligi kabi körsatkiçlar hisobga olindi.

Foto: Time Out

32. Istanbul

Reyting: 87,1 ball

Istanbul ahli özining ajoyib şahri va tarixi bilan faxrlanadi, biroq ularning aksariyati öz hayotidan norozi. Söroq qilinganlarning yarmi oxirgi vaqt özini baxtli his qilganlariga iqror bölgan.

31. Singapur

Reyting: 98,7 ball

Singapurliklar, ehtimol, şaharning madaniy hayotini u qadar yuqori baholaşmas, biroq uning xavfsizligi va ajoyib tungi sayrlari bilan faxrlanişadi.

30. Boston

Reyting: 103,7 ball

Boston — qiziqarli tungi hayoti bilan maqtana olmas, ehtimol. Şunday bölsa-da, uning aholisi baxtli, yarmidan köpi esa qöşnilarini nomma-nom bilişadi. 

29. Dubay

Reyting: 105,3 ball

Ulkan jozibasiga qaramay, Dubay bu reytingda eng davomli işçi haftasiga ega şahar hisoblanadi - 46 soat. Şaharda ötkazilgan oqşom esa örtaça 167 dollarga tuşadi.

28. Sidney

Reyting: 106,1 ball

Sidney aholisiga köngilxuşliklar va yaxşi restoranlar yetişmaydi, biroq aksariyat soğlom turmuş tarziyaga rioya qiladi. Söroq qilinganlarning 66 foizi ötgan hafta jismoniy maşqlar bilan şuğullanişgan, 38 foizi esa heç qaçon giyohvand moddalarni "tatib körmagan". Şunga qaramay, ular öz vaqtlarini çoğ ötkazişni bilişadi.