Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Vizasiz rejim joriy qilingach, Isroildan Toshkentga reyslar uchun barcha chiptalar sotilib ketdi
O‘zbekistonda bir qator davlatlarga 30 kungacha viza olish bekor qilinganidan keyin 2 kun ichida Isroildan Toshkentga kelish uchun iyun oyigacha bo‘lgan aviachiptalar sotib bo‘lingan. Bu haqda turizmni rivojlantirishga bag‘ishlangan videoselektor vaqtida mamlakat prezidenti Shavkat Mirziyoyev tomonidan ma'lum qilindi.
Shu bois viza rejimi bekor bo‘lgan davlatlardan qatnovlar soni oshirilishi qayd etildi.
Bundan tashqari, ushbu davlatlardan Toshkent shahridan tashqari Buxoro, Samarqand, Urganch, Navoiy va Qarshi shaharlariga ham to‘g‘ridan-to‘g‘ri reyslar ochiladi.
Eslatib o‘tamiz, 2018 yilning 10 fevralidan Isroil, Indoneziya, Koreya Respublikasi, Malayziya, Singapur, Turkiya va Yaponiya fuqarolari, shuningdek, O‘zbekistonga muntazam aviareyslarni amalga oshiruvchi havo kemalari ekipajlari a'zolariga O‘zbekiston Respublikasi hududiga kirish sanasidan boshlab 30 kunlik muddatga vizasiz rejim joriy etildi.
Ma'lumot uchun, Isroilda kelib chiqishiga ko‘ra o‘zbekistonlik bo‘lgan 100 mingga yaqin kishi istiqomat qiladi.
Mavzuga oid
20:54 / 28.04.2026
Zelenskiy Isroilni o‘g‘irlangan donni sotib olishda aybladi
22:54 / 26.04.2026
Isroil BAAda «Temir gumbaz» tizimi va o‘z harbiylarini joylashtirgan – OAV
19:44 / 25.04.2026
AQSh–Eron urushi fonida Turkiya nega asabiylashmoqda?
08:37 / 24.04.2026